Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Bahodir Qurbonov assotsiatsiyaning yangi prezidenti etib saylandi. Tadbirda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov mamlakat futbol assotsiatsiyasiga rahbar bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Tayinlov bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi navbatdan tashqari saylov kongressida bo‘lib o‘tdi.

Qurbonov o‘z nutqida milliy terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishi uchun sharoit yaratish niyatida ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi DXX rahbari Bahodir Qurbonov nomzodini prezidentlikka taklif qilgandi. Xavfsizlik kuchlari 2019 yildan buyon O‘FAni boshqarib kelmoqda. Xuddi shunday holat Qirg‘izistonda ham sodir bo‘lmoqda, u yerda respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Futbol ittifoqini boshqaradi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.