Mulla Abdul G‘ani Barodar boshchiligidagi “Tolibon” delegatsiyasi shanba kuni Toshkentga ikki kunlik tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar savdo va tranzit aloqalarini kengaytirish, shuningdek, o‘zbekistonlik investorlarning Afg‘onistonga sarmoya kiritishini muhokama qildi, deyiladi Barodar idorasi bayonotida.
O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama savdo aloqalarini mustahkamlash uchun Toshkent ikki davlat chegarasida qo‘shma savdo zonasini yaratishga tayyorligini bildirdi. Ushbu savdo zonasida kedr yong‘og‘i va paxtani qayta ishlash zavodlari, qadoqlash va logistika markazlari, turli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari joylashadi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, shuningdek, o‘zbek sarmoyadorlari Afg‘onistonda neft va gaz qidiruv va qazib olish sohasida Tolibon bilan hamkorlik qilishga, shuningdek, sanoat sektoriga, jumladan, Samangan viloyatida sement zavodi qurilishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u Faryob viloyatidagi Toti Maydan gaz konini o‘zlashtirishda sezilarli yutuqlarga erishilganini va yaqin kelajakda gaz qazib olish boshlanishini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Mulla Barodar O‘zbekiston tomonining takliflarini olqishlab, ko‘rsatilgan sohalarda Islom Amirligi tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishiga ishontirdi.