Isroil Livan shialarining “Hizbulloh” harakati sobiq bosh kotibi Hasan Nasrullani dafn etish marosimida Livanga zarbalar berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) qiruvchi samolyotlari Livan sharqidagi Bekaa, shuningdek, Janubiy Livandagi Al-Boisariyaning Buday chekkasidagi bir qancha hududlarga hujum qildi. Bu harakatlar Isroil aviazarbalari oqibatida halok bo‘lgan “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh va ushbu guruhning yuqori martabali qo‘mondoni Hoshim Safiyyiddinni dafn etish marosimi fonida sodir bo‘ldi.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Isroil qiruvchi samolyotlarining Bayrut ustidan uchib o‘tishiga izoh berib, ular Isroilni yo‘q qilish bilan tahdid qilayotganlarga “aniq signal” berayotganini aytdi. Uning qayd etishicha, “Hizbulloh” “dafn marosimida takomillashib boradi”, SAXAL esa g‘alaba qozonishda davom etadi.