Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida O‘zbekiston avtomobil sanoatining yirik korxonalari tomonidan 15 611 dona turli rusumdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Modellar orasida eng ko‘p sonini quyidagilar tashkil etdi:
-
Cobalt – 5 660 dona,
-
Damas – 2 765 dona,
-
KIA – 1 978 dona,
-
Onix – 1 462 dona,
-
Tracker – 1 334 dona,
-
BYD – 802 dona,
-
Chery – 594 dona,
-
Haval – 373 dona.
Bundan tashqari, 643 ta maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda O‘zbekistonga qiymati 224,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil import qilingan. Ularning aksariyati Xitoydan keltirilgan – 23 982 ta mashina. Shuningdek, Qozog‘iston, Gonkong, Germaniya, BAA va AQShga kichik miqdorda yetkazib berildi.