Bundan buyon buziladigan turar va noturar joylar qiymati to‘liq qoplab beriladi

O‘zbekiston

O‘zbekistonda uy-joylarni renovatsiya qilishning yangi tartibi tasdiqlandi. Endilikda quruvchi va barcha ko‘chmas mulk egalari o‘rtasida notarial tasdiqlangan bitim tuzilgandan keyingina rekonstruksiya qilish mumkin bo‘ladi.

Фото: Взгляд.uz

Prezidentning “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 1 martdan boshlab O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni renovatsiya qilish tartibi joriy etiladi.

Endilikda renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun ruxsatnoma barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolangandan keyingina beriladi.

Buzilayotgan uylarning mulkdorlariga tanlash uchun kompensatsiyaning uchta varianti taklif etiladi:

  • buzilayotgan uy-joy obyektlari o‘rniga renovatsiya dasturiga muvofiq qurilayotgan yangi uy-joyda mulk huquqi asosida maydoni buzilayotgan uy-joy obyektlari maydonidan kam bo‘lmagan foydalanishga tayyor holda topshirish tartibida kvartira taqdim etish, shuningdek ko‘chirish, shu jumladan qurilish muddatiga boshqa uy-joy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq hajmda kompensatsiya qilish;

  • buzilayotgan turar joy va noturar joy obyektlarining bozor qiymatini to‘liq hajmda kompensatsiya qilish;

  • renovatsiya loyihasi tashabbuskorlari bilan kelishgan holda kompensatsiyaning boshqa turlarini taqdim etish.

Avvalroq 2024-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida o‘tgan yilga nisbatan bitimlar sonining 2,2 foizga kamayishi qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Asosiy sabablar ipoteka kreditlari o‘sishining sekinlashuvi bo‘ldi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.