2024-yilda Raqobat qo‘mitasi 400 dan ortiq qonunbuzilish holatlarini aniqladi

O‘zbekiston

2024-yilda Raqobat qo‘mitasi narxlarni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi yuzlab qonunbuzarlik holatlarini aniqladi. Natijada 200 mingdan ziyod fuqaroga qariyb 50 milliard so‘mlik kompensatsiyalar to‘lab beriladi. Qoidabuzarlar orasida kommunal xizmatlar tariflarini oshirgan kompaniyalar ham bor. Rasmiylar ulardan noqonuniy olingan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishni va qaytarishni talab qilmoqda.

Foto: “Взгляд.uz”

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘tgan yili qonun talablarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan 400 dan ortiq ish qo‘zg‘atdi. Buning natijasida 200 mingdan ziyod fuqaroga qariyb 50 milliard so‘mlik kompensatsiyalar to‘lab beriladi.

2024-yilda tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati, xizmatlar narxining asossiz o‘sishi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Xususan, “O‘zsuvta’minot” kompaniyasi tariflarni noqonuniy oshirib, unga 7 milliard so‘m ortiqcha daromad keltirgan. Ushbu mablag‘larni fuqarolarga qaytarish buyurilgan. Xuddi shunday qonunbuzilish holati “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi va uning filiallarida ham aniqlanib, iste’molchilarga 5 milliard so‘m kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklatilgan.

Qo‘mita mablag‘larni qaytarish jarayonini nazorat qilishda davom etmoqda.

Avvalroq Buxoro viloyatida 47 ta gaz quyish shoxobchasi bir vaqtning o‘zida gaz narxini obyektiv sabablarsiz oshirgani haqida xabar berilgandi. Raqobat qo‘mitasi tekshiruvi narx bo‘yicha til biriktirish holatini aniqladi, buning natijasida 44 ta kompaniyaga jarimalar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.