Ipoteka uchun davlat subsidiyalari: arizalarni qabul qilish 3-martdan boshlanadi

O‘zbekiston

2025-yilda uy-joy kreditlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi sezilarli darajada oshadi. Boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini subsidiyalash uchun 2,5 trln so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravar ko‘p mablag‘ ajratiladi. Arizani my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.

Foto: “Взгляд.uz”

2025-yil 3-martdan boshlab Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston aholisi ipoteka krediti bo‘yicha davlat subsidiyasini olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Buni my.gov.uz portali orqali amalga oshirish mumkin.

Subsidiyani rasmiylashtirish uchun quyidagilar zarur:

  • my.gov.uz saytida tizimga kirish;

  • “Ipoteka uchun davlat subsidiyasiga buyurtma berish” xizmatini tanlash;

Arizani to‘ldirish va yuborish

2025-yilda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyalar hajmi 1,5 barobarga oshiriladi. Buning uchun davlat budjetidan 2,5 trln so‘m ajratiladi. Umuman olganda, uy-joy va ipoteka bozorini moliyalashtirishga 20,9 trillion so‘m kreditlar yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Senati kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni ma’qullagandi. Yangi qonun moliyaviy firibgarlikdan himoyani kuchaytiradi. Endilikda har kim o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqlashi va maxsus reyestrdagi maqomini o‘zi nazorat qilishi mumkin bo‘ladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.