Meduza va Mediazona ma’lumotlariga ko‘ra, urushda 160-165 mingga yaqin askar, zobit, shartnomali xizmatchi, safarbar etilgan va boshqa rossiyaliklar halok bo‘lgan.
Bunda:
2022-yilda urushda 20 mingga yaqin rossiyalik halok bo‘ldi.
2023-yilda ularga taxminan 50 ming (47 dan 53 mingacha) qurbon qo‘shildi.
2024-yilda yo‘qotishlar soni 100 mingga yaqinlashdi.
Uch yillik qarama-qarshilik natijalaridan kelib chiqadigan eng umumiy xulosa shuki, Rossiya tomonining yo‘qotishlari yildan yilga ortib nuqtayi.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yil fevralidan beri Ukraina aholisi 10 million kishiga, ya’ni taxminan chorak qismga kamaygan. Iqtisodiyot vazirligi o‘z makrobashoratlarida yuqoriroq ko‘rsatkichni — 33 million kishini keltiradi.
Markaziy razvedka boshqarmasining 2024-yil kuzida e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, Ukrainada o‘lim darajasi har ming kishiga 18,6 ni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida Ukrainada tinch aholi orasida qurbonlar soni sezilarli darajada oshgan.
BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari Dikarloning aytishicha, Rossiya qo‘shinlarining harakatlari natijasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga oshgan. Bu ma’lumotlar BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida e’lon qilingan.
