O‘zbekiston jahon moliya bozorlarida umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard dollarlik suveren xalqaro obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi.
Joylashtirish 7 yil muddatga dollarda, 4 yilga yevroda va 3 yilga so‘mda obligatsiyalarni o‘z ichiga olgan. Obligatsiyalarni joylashtirish uchun jami 4,2 mlrd dollarlik arizalar kelib tushgan.
Obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari dollardagi 7-yillik obligatsiyalar bo‘yicha 6,95%, 4-yillik obligatsiyalar bo‘yicha 5,1% va 3-yillik obligatsiyalar bo‘yicha 15,5%ni tashkil etdi. Ushbu stavkalar oldingi joylashtirishlarga qaraganda pastroq bo‘ldi.
Obligatsiyalarni joylashtirishdan jalb qilingan mablag‘lar 2025-yilgi davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishga, shuningdek, ipoteka dasturi va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
2021-yildan buyon O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va "yashil" loyihalarga e’tibor qaratgan holda 1,2 milliard dollarlik suveren obligatsiyalar chiqardi. Obligatsiyalarni dollar va so‘mda joylashtirishdan tushgan mablag‘larning bir qismi aholini uy-joy bilan ta’minlash, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi.