“Система”: Vengriya yana Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishga erishmoqda

Dunyo

Vengriya yana bir bor rossiyalik bir qator tadbirkorlarni, jumladan, Alisher Usmonov va uning singlisini Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qilmoqda. “Система” loyihasiga ko‘ra, Budapesht cheklovlardan chiqarishni taklif qilayotganlar orasida Mixail Fridman, Pyotr Aven, Dmitriy Mazepin va boshqalar ham bor.

Avvalroq Reuters agentligi Vengriya Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan sakkiz nafar Rossiya fuqarosini chiqarib tashlashni talab qilayotgani, aks holda sanksiyalarning uzaytirilishiga to‘sqinlik qilish bilan tahdid qilayotgani haqida xabar bergan edi. Aniq nomlar aytilmagan bo‘lsa-da, “Система” loyihasi ular orasida quyidagilar borligini aniqlashtirdi:

  • Alisher Usmonov va singlisi Gulbahor Ismoilova,

  • Ilgari Alfa-bangga egalik qilgan Mixail Fridman va Pyotr Aven,

  • Dmitriy Mazepin, “Uralxim”ning sobiq egasi,

  • biznesmen Vyacheslav Kantor,

  • “Alyans” guruhi rahbari Musa Bajayev,

  • Rossiya sport vaziri Mixail Degtyarev.

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirish har olti oyda bir marta amalga oshiriladi va barcha blok mamlakatlarining bir ovozdan ma’qullashini talab qiladi.

Vengriya bir necha bor Bryusseldan yon berishni talab qilib, sanksiyalarni uzaytirishga veto qo‘yish bilan tahdid qilgan. 2022-yil sentyabr oyida Budapesht Usmonov, Aven va Magnitogorsk metallurgiya kombinati egasi Viktor Rashnikovni ro‘yxatdan chiqarishga harakat qildi. Ammo yakunda Vengriya har doim sanksiyalar rejimining uzaytirilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.