Amerikaning Blue Origin xususiy kompaniyasi NS-30 missiyasini yakunlab, olti-nafar yo‘lovchini New Shepard kemasida suborbital parvozga jo‘natdi. Bu ushbu tizimning 30-chi ishga tushirilishi va kompaniya tarixidagi 10-sayyohlik reysi bo‘ldi.
Parvoz taxminan 10-12 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida ishtirokchilar vaznsizlik holatini boshdan kechirishdi va koinotdan Yerni ko‘rishdi. Ekipaj tarkibida tadbirkor Leyn Bess, teleboshlovchi Xesus Kalexa, fizik Eleyn Chia Xayd, shifokor Richard Skott, xedj-fond sherigi Tushar Shoh, shuningdek, unchalik ma’lum bo‘lmagan Uilson ismli yo‘lovchi bor edi.
Bunday parvozlar uchun chiptalarning aniq narxi oshkor etilmagan, biroq raqobatchi kompaniyalarda narx 600 ming dollarga-yetadi.