Toshkent shahrida bir oyda jinoyatchilik darajasi 43 foizga kamaydi

O‘zbekiston

Poytaxt maxsus bo‘linmalari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bir oy ichida Toshkentda jinoyatchilik 43 foizga kamaydi.

15-yanvardan 15-fevralgacha Toshkentda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Tezkor tadbirlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilik darajasini 43 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, firibgarlik 72 foizga, talonchilik 47 foizga, o‘g‘rilik 46,5 foizga oshgan.

Shuningdek, o‘tgan bir oyda 102 404 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shundan 366 tasi mast holda transport vositasini boshqarish bilan bog‘liq.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konlar faoliyatini to‘xtatib, ularning reklamasi tushirilgan 1,3 mingta nargograffitilarni yo‘q qildi. Qayd etilishicha, giyohvandlikka chalingan 500 nafardan ortiq kishi tibbiyot muassasalariga davolanish uchun yuborilgan.

Izma-iz olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 488 ta jinoyat fosh etildi, 160 nafar qidiruvdagi shaxs ushlanib, bedarak yo‘qolgan 45 nafar shaxs topildi.

Sovuq qurolni noqonuniy olib yurgan 2,2 ming nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, 1 ta jangovar mashina (BM), 21 ta pnevmatik qurol, 7 ta miltiq va 14 ta patron musodara qilindi. Har bir holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

102,4 mingta, jumladan, 9,8 ta jiddiy qoidabuzarlik va 366 ta mast holda transport vositasini boshqarish holatlari aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida Tojikistondan taqiqlangan moddalarni olib kirgan bir oila giyohvand moddalar savdogarlari qo‘lga olingandi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.