O‘zbekistonning ikki viloyatida qariyb 3 mlrd so‘mlik qalbaki dori vositalari musodara qilindi

O‘zbekiston

Toshkent va Andijon viloyatlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan umumiy qiymati 2,8 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalarining yirik partiyalari musodara qilindi. Fuqarolar o‘zaro til biriktirib, turar joy binosida sifatsiz dori vositalarini sotgan.

Toshkent va Andijon viloyatlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan umumiy qiymati 2,8 milliard so‘mlik noqonuniy dori vositalarining yirik partiyalari musodara qilindi.

Ohangaronlik fuqaro xorijda ishlab chiqarilgan besh ming quti Neofagen dori vositasini boshqa bir shaxsga 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, noqonuniy olib kirilgan dori vositalarining asosiy qismi andijonlik fuqaroning uyida saqlangan. Firibgarlardan jami 7,8 ming quti dori vositalari olib qo‘yilgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixona tashkilotlari va ularning filiallaridan tashqarida o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.