RM Sotheby’s auksionida Italiyaning Pagani Zonda Tricolore eksklyuziv sportkari sotiladi. Uning narxi 11 million dollardan oshishi kutilmoqda, bu ushbu seriya uchun rekord bo‘ladi.
Pagani kompaniyasi bunday avtomobillardan atigi uchtasini ishlab chiqargan. Kuzov ko‘k uglerod tolasidan tayyorlangan va Italiya bayrog‘i ranglari bilan bezatilgan. Interyerda ko‘k va oq charm, karbon va alyuminiy ishlatilgan.
Mashina Mercedes-AMG‘ning 7,3 litrli 670 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan. Massasi 1,2 tonnadan sal ko‘proq bo‘lgan sportkar 9,6 soniyada 200 km/soat tezlikka erishadi.