AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyning 28-fevral, juma kuni Vashingtonga kelishiga qarshi emasligini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
“Men uning juma kuni kelishini eshitdim, albatta, agar u xohlasa, men qarshi emasman”, — deya izoh berdi AQSH prezidenti Zelenskiyning tashrifi haqidagi ma’lumotga.
Bungacha Tramp mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandan so‘ng Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish kerak bo‘lishini aytgan edi. Shu bilan birga, bu barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan shaklda bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuv oqibatlariga baho bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv mojaro tomonlarini “biroz baxtsiz” qoldiradi.