2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonning hududiy markazlarida sement, asbest, shuningdek, qora va rangli metallar ishlab chiqarishga taqiq joriy etiladi. Bunday chora-tadbirlar mamlakatda havo sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Bundan tashqari, viloyat markazlarida birinchi va ikkinchi darajali xavfli chiqindilarni qayta ishlash taqiqlanadi, ko‘mir yoqishga esa faqat zamonaviy filtrlash tizimlari mavjud bo‘lgandagina ruxsat beriladi. Yil oxirigacha butun respublika bo‘ylab Yevro-4 standartidan past yonilg‘i sotishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda, bu birinchi navbatda AI-80 benziniga ta’sir qiladi. Shuningdek, elektr stansiyalarida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
Ifloslanishni monitoring qilish uchun 200 ta IQAir sensori o‘rnatiladi, ular real vaqt rejimida zararli moddalar darajasini kuzatish imkonini beradi. Milliy dastur doirasida O‘zbekiston jamoat transportini rivojlantirish, ekologik toza bo‘lmagan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirish va barqaror yechimlarni ilgari surish niyatida.
Hozirda mamlakat IQAir havo ifloslanishi indeksida 134 ta davlat orasida 23-o‘rinni egallab turibdi va Toshkentda ifloslanish darajasi ayniqsa kuz va qishda ortadi.