O‘zbekiston Migratsiya agentligi fuqarolarni Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olishga tayyorlash bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Patent olishning majburiy shartlaridan biri rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirishdir.
Saytda foydalanuvchilar rasmiy imtihon topshiriqlariga o‘xshash sinov testlaridan o‘tishlari mumkin. Bu talabgorlarga o‘z bilim darajasini baholash va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Test platformasida foydalanuvchilarning bilimini baholash imkonini beruvchi turli formatdagi topshiriqlar mavjud. Testlarda quyidagilar nazarda tutilgan:
nutqni eshitib idrok etish ko‘nikmalarini tekshiruvchi audio savollar;
o‘qish uchun topshiriqlar;
leksika va grammatikaga oid testlar;
Rossiya tarixiga oid masalalar;
RF qonunchiligi asoslari.
Hammasi bo‘lib yettita test varianti mavjud bo‘lib, ularning har birida bir xil turdagi topshiriqlar mavjud, ammo savollar turlicha. Sinovdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchilar o‘z javoblarining to‘g‘riligini tekshirishlari mumkin.
Testdan o‘tish uchun havola orqali o‘ting. Platforma bepul ishlaydi.