O‘zbekiston siyosiy va fuqarolik erkinliklari reytingida 100 balldan 12 ball to‘plab, Markaziy Osiyo davlatlari orasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Fuqarolik va siyosiy erkinliklarning rivojlanish darajasi bo‘yicha O‘zbekiston Tojikiston va Turkmanistonni ortda qoldirdi. 2025-yilda ular Freedom House reytingida mos ravishda besh va bir ball oldi. Tashkilot ekspertlari Qozog‘istondagi erkinlik darajasini 23 ball bilan baholagan.
Freedom House Qirg‘izistonni Markaziy Osiyoning eng erkin davlati deb atadi. U 26 ball oldi (2020-yilda QRda 39 ball bor edi).
Freedom House metodologiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston erkin bo‘lmagan mamlakatlar toifasiga kirdi. Biroq uning reytingdagi o‘rni asta-sekin yaxshilanib bormoqda. 2020-yilda respublika o‘n