Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi shoshilinch tibbiy yordam binosida ayol tug‘gan chaqaloq hojatxona chuqurligiga tushib ketdi. Bu haqda MY5 reportajida so‘z boradi.
Jabrlangan bolaning onasi homiladorligini bilmaganini, chunki unda toksikoz bo‘lmaganini va bachadonda bolaning qimirlashini his qilmaganini, shuning uchun poliklinikaga bormaganini va ro‘yxatdan o‘tmaganini aytdi. Ayol hojatxonaga kirgan, u yerda to‘lg‘oq boshlangan va kuchsizlikdan hushini yo‘qotgan, bola esa yiqilib, kanalizatsiya xandag‘iga tiqilib qolgan.
Chaqaloq 2 soat davomida chuqurda bo‘lgan, shundan so‘ng 1-sonli IIB profilaktika inspektori Sardor Safarov bolani hojatxonadan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Buning uchun huquq-tartibot idoralari xodimlariga chuqur qazish kerak bo‘ldi. Bola tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, maxsus reanimatsiya bo‘limida davolanishi belgilangan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, chaqaloqning ahvoli qoniqarli. Bolaga uni qutqargan profilaktika inspektori sharafiga ism qo‘yish rejalashtirilmoqda.