O‘zbekistonda IIV rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston

Ichki ishlar vaziri lavozimiga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov tayinlandi.

3-mart kuni O‘zbekiston prezidenti mamlakat IIV rahbarini almashtirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirligiga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Aziz Toshpo‘latov rahbar bo‘ldi.

U bu lavozimda 2017-yildan buyon ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov o‘rnini egalladi. Bobojonovning yangi xizmat joyi hozircha noma’lum.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.