3-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda daydi itlar to‘dasi erkakni g‘ajib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Shahar hokimligi ma’lumotni feyk deb atadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 59 yoshli erkak o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
“Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga o‘laroq, hech qanday itlar hujumi sodir bo‘lmagan. Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Kuzatuv kamerasi yozuvida erkakning hovlida ketayotganini va to‘satdan yiqilganini ko‘rish mumkin. Keyin o‘tirishga muvaffaq bo‘ladi. Yonidan o‘tib ketayotgan haydovchi to‘xtaydi, balki hammasi joyidami, deb qiziqib, keyin jo‘nab ketadi. Keyinroq erkak boshqa joydan topiladi.