Atamalar komissiyasining ishchi guruhi o‘zbek tilidagi muqobil variantlari taklif etilayotgan 30 ta so‘z va ularning hosilalari ro‘yxatini taqdim etdi.
Ro‘yxatda asosan lotin, rus va ingliz tillariga mansub so‘zlar keltirilgan. Misollarning aksariyati prezident va hukumat qarorlaridan olingan bo‘lib, ularning bir qismi internetning keng tarqalishi tufayli nutqqa kirib kelgan, ba’zilari esa oddiy so‘zlashuvda ishlatiladi va lug‘at so‘zlari emas.
Qayd etilishicha, 30 ta misolning barchasi jamoatchilik tomonidan taklif etilgan. Ro‘yxat quyida keltirilgan:
Aysberg – Muztog‘;
Bruschatka – Yo‘lg‘isht;
Bahs, munozara – diskussiya;
Zona – Hudud;
Instrument – Ish quroli;
Intensiv – Jadal;
Kamera – Bo‘lma;
Konstruksiya – Tuzilma;
Koordinator – Muvofiqlashtiruvchi;
Koridor – Yo‘lak;
Lider – Yo‘lboshchi, yetakchi;
Marshrut – Yo‘nalish;
Progress, progressiv – Ilg‘or, rivojlanish;
Dostavka – Yetkazish;
Probeg – Yurim;
Set (ovqatlar) – To‘plam;
Oprava – Ko‘zoynak bandi;
Polik – To‘shama;
Balansirovka – Muvozanatlashtirish;
Vnedorojnik – Yo‘ltanlamas;
Chellenj – Chorlov;
Navigator – Yo‘llagich;
Selfi – O‘zchekim;
Svetofor – Yo‘lchiroq;
Ekspluatatsiya – Foydalanish;
Aksiya – Yalpi harakat;
Kuler – Suvlik;
Keshbek – Hadya-qaytim;
Poverbank – Kuchlantirgich;
Karving – Meva bezakchiligi.
Qayd etilishicha, ro‘yxat hali yakuniy emas, komissiya taklif etilayotgan so‘zlar bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni eshitishga tayyor.