Mart oyining birinchi ish haftasi qor va sovuq bilan o‘tadi, keyin esa quyoshli ob-havo bilan almashadi. O‘zgidromet haftalik prognoz bilan bo‘lishdi.
3-martda mamlakatning katta qismida qor yog‘ishi davom etadi, havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida qor to‘xtaydi.
4-mart kuni O‘zbekistonning barcha viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechalari va ertalab sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi, harorat 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduzi antitsiklon asta-sekin chekina boshlaydi, harorat 4-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
O‘z navbatida, 5-6 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
7-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yana yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi. Qalam