Tramp kriptovalyuta zaxirasini tashkil etishni e’lon qildi va Bitcoin, Ethereum va Solana`ning o‘sishiga sabab bo‘ldi

PRO Pul

Oq uy rahbari AQShni dunyoning “kripto poytaxti”ga aylantirish va “Bayden ma’muriyatining bir necha yillik hujumlaridan so‘ng” sanoatning rolini oshirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp kriptovalyuta zaxirasi yaratilishini e’lon qildi, shundan so‘ng bitkoin kursi keskin ko‘tarila boshladi.

2 mart kuni AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida milliy kriptovalyuta zaxirasini yaratish to‘g‘risidagi farmonni e’lon qildi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, unga XRP, Solana, Cardano (ADA) tokenlari, shuningdek, Bitcoin va Ethereum kiradi.

“Kriptovalyuta zaxirasi Bayden ma’muriyatining bir necha yillik hujumlaridan so‘ng ushbu muhim sanoatning rolini oshiradi. Men AQShni dunyoning kripto poytaxtiga aylantiraman”, — dedi Tramp.

Oq uy rahbari tilga olgan barcha tokenlar keskin o‘sishni ko‘rsatdi. Masalan, Ethereum kursi bir kun ichida 9,7 foizga ko‘tarilib, 2440 dollarga yetdi, Solana esa 169 dollar turadi — bu bir kun oldingiga nisbatan 18 foizga qimmatroq.

Bundan ham kattaroq o‘sishni XRP ko‘rsatdi, uning kursi chorak qismga oshib, 2,79 dollarni tashkil etdi. Biroq Cardano eng ko‘p qimmatlashdi va kuniga deyarli 60 foizga oshdi. Shu bilan birga, barcha tokenlar tarixiy maksimumlardan past bo‘lib qolmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.