AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazishga va Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishni muhokama qilishga qaror qildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
U 3 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Unda davlat kotibi Marko Rubio, Pentagon rahbari Pit Xegset va milliy xavfsizlikka mas’ul boshqa yuqori martabali amaldorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Muhokamalar Ukrainaga harbiy yordamni, jumladan, AQShning avvalgi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ma’qullangan va to‘langan o‘q-dorilar va jihozlarni yetkazib berishni to‘xtatish yoki bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
O‘tgan hafta bir nechta xorijiy nashrlar AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni butunlay to‘xtatishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Bu chora prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi ommaviy janjaldan keyin muhokama qilina boshlandi.