2025-yil mart oyida O‘zbekiston fuqarolari 8-mart va Navro‘z bayramlarida uch kundan dam olishadi. Dam olish kunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Mehnat vazirligi ish taqvimida taqdim etdi.

Haftasiga besh kun ishlaydigan o‘zbekistonliklarni 8-mart va Navro‘z kunlari uch kun uzluksiz dam olish kutmoqda. Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagi dam olish kunlari belgilangan:

  • 8-mart (shanba) — Xalqaro xotin-qizlar kuni;

  • 9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;

  • 10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni;

  • 21-mart (juma) — Navro‘z;

  • 22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni;

  • 23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.