Dilmurod Qosimov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston

Bunga qadar u Biznes-ombudsman lavozimida ishlagan.

4-mart kuni prezident Dilmurod Qosimov O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

Dilmurod Qosimov ushbu tayinlovga qadar 2017 yildan buyon prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman) lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Dilmurod Qosimov 1975-yil 28-iyulda tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2004 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1997-yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Innovatsiya” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida mutaxassis bo‘lib ishlay boshladi.

2003–2017-yillarda prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.