Polkovnik Ravshan Irkinovich Sultonxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
U Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Aziz Toshpo‘latov o‘rnini egalladi.