4-mart uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston

Endi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, lekin kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi biroz iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 4 mart kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi 11 darajagacha iliq bo‘ladi.

Toshkentda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘larda havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.

Hafta davomidagi prognozga ko‘ra, dam olish kunlarigacha qor va sovuq bo‘lishi kutilmoqda, so‘ngra 22 daraja iliq bo‘lgan quyoshli ob-havo qaytadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.