O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi

O‘zbekiston

Prezident 1-aprelga qadar tuzatishlarni ishlab chiqish va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

5-mart kuni Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish zarurligini ma’lum qilgandi. Bu haqda prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbari qonun loyihasini tezkorlik bilan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish va 1-aprelga qadar hukumatga taqdim etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu jarayonda jamoatchilik fikrini ham inobatga olish kerak bo‘ladi, dedi prezident.

Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqidagi moddani kiritish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, davlat xizmatchilari o‘zlarining deklaratsiya qilingan daromadlariga mos kelmaydigan mol-mulklarining qonuniyligini isbotlashlari kerak bo‘ladi.

Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va parlament qo‘mitalarini bu borada xalqaro standartlarga mos takliflar ishlab chiqishga chaqirdi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.