Shavkat Mirziyoyev xizmat transportlari va xorijda ishlab chiqarilgan mebellardan foydalanishni qisqartirish, ularni mahalliy analoglarga almashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident manfaatlar to‘qnashuvi, tovarlar va xizmatlarni yuqori narxlarda xarid qilish holatlari asosan davlat xaridlari sohasida kuzatilayotganini ta’kidladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Hisob palatasiga parlamentning byudjetga mas’ul qo‘mitalari bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni 2 barobarga qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzilishlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha sun’iy intellektga asoslangan elektron tizimni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Maxsus komissiya davlat xaridlari uchun tovarlarning o‘rtacha bozor narxlari ko‘rsatiladigan platformani ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanadi.
Davlat hisobidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarning narxlari bozordagi o‘rtacha narxlardan 20 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ushbu talabni buzganlik uchun javobgarlik va jarimalar ko‘zda tutilgan.