O‘zbekistonda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston

Sinoptiklar favqulodda xabarlarni e’lon qilishmoqda.

Ushbu haftaning oxirida O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi va shamol kuchayishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” favqulodda xabar e’lon qildi.

Joriy yilning 6 mart kuni shimolda va cho‘l hududlarda, 7-8-mart kunlari O‘zbekistonning qolgan hududlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7-martda va 8-martga o‘tar kechasi O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.