Toshkent viloyatidagi ko‘mir konida samosval ag‘darilib ketdi: haydovchi halok bo‘ldi

O‘zbekiston

“O‘zbekko‘mir” rahbariyati marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

5-mart kuni Toshkent viloyatidagi “Angren” ko‘mir konida BelAZ karer samosvali tog‘ jinslarini tushirish vaqtida orqaga dumalab, ag‘darilib ketdi va yonib ketdi. “O‘zbekko‘mir” kompaniyasi haydovchi vafot etgani haqida xabar berdi.

Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in o‘chirish korxonalari yetib kelib, yong‘inni o‘chirgan. Og‘ir tan jarohati olgan avtosamosval haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Angren markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u vafot etgan.

“O‘zbekko‘mir” rahbariyati marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.