O‘zbekistonda bozor qiymatiga yaqinlashtirish uchun ko‘chmas mulk baholanadi. Tegishli farmon prezident tomonidan e’lon qilindi.
U aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlarini ko‘paytirish uchun qulay sharoit yaratishi kerak. Bundan tashqari, soliq solish, oldi-sotdi, garov va boshqa holatlar uchun ko‘chmas mulkning muvozanatli qiymatini ta’minlash rejalashtirilgan. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi:
2025−2026 yillar - tajriba tariqasida Toshkent shahrida;
2026−2027 yillarda - Nukus shahri va viloyat markazlarida;
2027-yildan - butun mamlakat bo‘ylab.
Bu jarayonni tashkil etish uchun Kadastr agentligi huzurida 30 nafar xodimdan iborat Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etilmoqda.
2026 yil yakuniga qadar Toshkent shahrida o‘tkazilgan tajriba natijalari, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida "Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.