O‘qituvchi dars o‘tishga xalaqit bergani uchun o‘quvchini urdi

O‘zbekiston

Erkak voqeadan so‘ng ishdan bo‘shagan, o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazilgan, bolaning o‘zi avval o‘g‘rilik uchun sudlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi sinfda o‘quvchining yuziga urgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Voqea tafsilotlari haqida Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Hodisa 2025 yil 23 yanvar kuni Sho‘rchi tumanidagi 4-maktabda sodir bo‘lgan. 8-sinf o‘quvchisi tarix darsida xalaqit berdi, bu esa o‘qituvchining jahlini chiqardi va ular o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Erkak butun sinf bolalari ko‘z o‘ngida bolaning yuziga bir necha marta urdi.

Maktab ma’muriyati bolaning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. O‘qituvchi maktabdan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shadi. Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchisi muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan javobgarlikka tortilgan va tuman IIB hisobida turadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.