O‘zbekistonga yog‘ingarchilik va sovuq qaytadi

O‘zbekiston

Ba’zi joylarda shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayib, kunduzi harorat pasayadi.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 7-mart kuni O‘zbekistonga yomg‘ir va qor qaytadi, shamol ayrim hududlarda 25-30 m/s gacha kuchayadi, kunduzi haroratning eng yuqori ko‘rsatkichi 12 darajagacha tushadi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan g‘arbga o‘tib, 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 3-5° issiq, kunduzi 9-11° issiq bo‘ladi.

Tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘adi, tuman tushishi ehtimoli bor. Qor ko‘chkisi xavfi mavjud. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zi hududlarda esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi harorat 3° sovuqdan 2° issiqgacha bo‘ladi.

7-8 mart kunlari respublikaning qolgan hududlarida ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Navoiy va Jizzax viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha yetishi mumkin.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.