Qor yog‘ishi sababli Qamchiq dovoni yopildi

O‘zbekiston

Voqea joyida texnika ishlamoqda.

Qamchiq dovoni kuchli qor yog‘ishi sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

7-mart kuni soat 15:00 dan boshlab A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi.

Maxsus texnika yordamida yo‘lni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.