8-mart yog‘ingarchilik va salqin ob-havo bilan o‘tadi

O‘zbekiston

Tog‘larda qor ko‘chkisi xavfi mavjud, ayrim joylarda shamol kuchayadi.

Фото: Sputnik

8-mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik davom etadi, ba’zi hududlarda shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayadi, kunduzi ayrim mintaqalarda harorat 17° issiqlikkacha ko‘tariladi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol g‘arbiy yo‘nalishga o‘tib, 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tundagi harorat 3-5° issiq, kunduzi 9-11° issiq bo‘ladi.

Tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘adi, tuman tushishi ehtimoli bor. Qor ko‘chkisi xavfi mavjud. G‘arbiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zi hududlarda esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tunda va kunduzi harorat 3° sovuqdan 2° issiqgacha bo‘ladi.

7-8-mart kunlari ayrim joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy va Jizzax viloyatlarining ba’zi hududlarida 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. 7-mart kuni va 8-martga o‘tar kechasi respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Kunduzi harorat 7-10 daraja issiqlikkacha pasayadi. O‘zgidromet muhim ob-havo hodisalari haqida shunday ma’lumot berdi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.