Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi finaliga yo‘l oldi

O‘zbekiston

Chusovitina ishtirok etadigan final dasturi 8-mart kuni o‘tkaziladi.

MOQ matbuot xizmati xabar qilishicha, Oksana Chusovitina Ozarbayjonda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichining saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, final bosqichiga chiqishga erishdi.

Tayanib sakrash turida bellashgan vatandoshimiz 13.266 ball to‘plab, ikkinchi natija bilan finalga yo‘llanma oldi.

Chusovitina qatnashadigan final dasturi bugun (8-mart) kuni bo‘lib o‘tadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.