Toshkentda obodonlashtirish xodimidan 8-mart sovg‘alari tortib olindi

O‘zbekiston

Ayolning huzuriga hokim va mas’ullar kelib, uzr so‘ragan va voqeani tekshirishga va’da bergan.

Toshkentning Yashnobod tumanida obodonlashtirish xizmati xodimidan 8-mart bayrami munosabati bilan berilgan sovg‘alar tortib olingan. Tuman hokimi Baxtiyor Rahmonqulov ayol bilan uchrashdi.

Obodonlashtirish xodimi o‘z videomurojaatida tadbir yakunlanib, hamma tarqalayotganda sovg‘alar qo‘lidan yulib olinganini aytdi. U hech kimning narsasini olmaganini ta’kidladi.

Ayolning huzuriga Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shahnoza Sultonova, Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov va boshqa mas’ullar tashrif buyurishdi. Ular uzr so‘rab, uni bayram bilan qutlashdi va yangi sovg‘alar topshirishdi.

Hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi. Ayolga aybdorni aniqlab, javobgarlikka tortish va’da qilindi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.