O‘zbekistonliklardan jinoyatchilar qurboniga aylanmaslik uchun aeroportda boshqalarning yukini olmaslik so‘raldi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar paytida ayrim yo‘lovchilar vatandoshlardan o‘z yuklarini O‘zbekistonga yetkazib berishni so‘rab, bunday yordam ko‘rsatish zarurligiga ishontirishga harakat qilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning bir necha fuqarosi yordam berish niyatida bo‘lib, bagaj ichidagi noqonuniy yuklarni, jumladan, giyohvand moddalar va soxta hujjatlarni bilmagan holda olib o‘tgani uchun qamoqqa olingan. Bosh konsulxona vatandoshlarni hushyor bo‘lishga va o‘z xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.