Samarqand viloyatida uchta masjid noqonuniy buzib tashlandi

O‘zbekiston

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid noqonuniy buzilgan, yana bir me’moriy yodgorlik o‘zboshimchalik bilan restavratsiya qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘shoq ota” masjidi buzib tashlangan, yetkazilgan zarar 19,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Urgut tumanida “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzib tashlandi, yetkazilgan zarar 17 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Samarqand tumanida “Kulba” yodgorligi noqonuniy restavratsiya qilingan, yetkazilgan zarar 10,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.