Surxondaryoda ko‘p bolali ayol farzandini sotishga uringani uchun qamaldi

O‘zbekiston

Ayol odam savdosi moddasi bilan ayblandi, u uch yil qamoqda o‘tiradi.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z farzandini sotishga uringan ayol uch yilga qamaldi. Bu haqda Millar reportajida aytiladi.

Olti farzandning 36 yoshli onasi yetti kunlik chaqaloqni sotish orqali pul ishlashga uringan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayol kishini 62 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi.

Sud fuqaroni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi a bandi bilan aybdor deb topib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.