Para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga ikkita oltin medal uchun uy sovg‘a qilindi

O‘zbekiston

Sportchi Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishdi.

Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga kvartira sovg‘a qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sportchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, turnirda yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Terma jamoamiz sportchilari 26 ta (12 ta oltin, 9 ta kumush, 5 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi.

Ular 15 ta davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.