6-mart kuni Yaponiyada O‘zbekiston fuqarosi qizga hujum qilib, uni zo‘rlagan. Hodisa tafsilotlari bilan Yahoo nashri bo‘lishdi.
Jinoyat Nagoya shahrining Naka tumanida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi avtoturargohdan ayollarning yordam so‘rab baqirganini eshitib, voqea joyiga huquq-tartibot xodimlarini chaqirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli qiz yordamga chaqirgan. Voqea joyida 31 yoshli ishsiz O‘zbekiston fuqarosi ham qo‘lga olingan. Unga zo‘rlash ayblovi qo‘yildi.
Dastlabki tergov versiyasiga ko‘ra, erkak ishga ketayotgan qizni aldab, kimsasiz joyga olib borgan, shundan so‘ng unga hujum qilgan. Gumonlanuvchi aybini tan olmayapti, uning harakatlari zo‘ravonlik emasligini aytmoqda.