“O‘zbekkonsert”ga yana Odiljon Abduqahhorov rahbarlik qiladi

O‘zbekiston

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashkilot ishini yangi bosqichga olib chiqishni topshirdi.

Odiljon Abduqahhorov yana “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori bo‘ldi. Madaniyat vazirligi bu tayinlov haqida xabar berdi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Abduqahhorovga tashkilot faoliyatini yangi darajaga ko‘tarishni topshirdi. Odiljon Abduqahhorov 2023 yil oktyabridan beri muassasaga rahbarlik qilgan Sanjar Erdanovni almashtirdi.

Taʼkidlash joizki, Odiljon Abduqahhorov 2017-2020-yillarda ham “O‘zbekkonsert”ga rahbarlik qilgan edi. Avvalgi rahbarning almashtirilish sababi maʼlum qilinmadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.