12 mart kuni O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi, so‘ngra uchta viloyat aholisi Qirg‘izistondan yer silkinishini his qildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 06:16 da Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Toshkent tumanida 3 ball, 6 km;
Olmazor tumanida 3 ball, 10 km;
Shayxontohur tumanida 2-3 ball, 15 km;
Uchtepa tumanida 2-3 ball, 16 km;
Chilonzor tumanida 2-3 ball, 17 km;
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2-3 ball, 18 km;
Yakkasaroy tumanida 2-3 ball, 18 km;
Mirobod tumanida 2 ball, 19 km;
Yunusobod tumanida 2 ball, 19 km;
Zangiota tumanida 2 ball, 20 km;
Yashnobod tumanida 2 ball, 22 km;
Sergeli tumanida 2 ball, 23 km;
Bektemir tumanida 2 ball, 26 km;
Yangihayot tumanida 2 ball, 27 km;
Qibray tumanida 2 ball, 27 km.
Keyinroq soat 08:11 da Qirg‘izistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, u O‘zbekistonda quyidagi hududlarda sezildi:
Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 13 km;
Jalaquduq tumanida 2 ball, 23 km;
Buloqboshi tumanida 2 ball, 24 km.