Braziliyada BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun minglab gektar muhofaza qilinadigan tropik o‘rmonlar kesildi

Dunyo

Yangi avtomagistral transport tizimini yengillashtirishga yordam berishi kutilmoqda, ammo ekologlar qurilishning tabiatga ta’siridan xavotirda.

Foto: Paulo Koba

Braziliyada BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasini o‘tkazish uchun yo‘l qurish maqsadida Amazoniyaning muhofaza qilinadigan minglab gektar tropik o‘rmonlari kesildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Voqea Para shtati poytaxti Belen shahrida yuz berdi. Yangi avtomagistral 2025-yil kuzida bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 30-konferensiyasi (COP30) paytida transport tizimini yengillashtirishga xizmat qilishi kerak. Bu yo‘l hukumat sammit boshlanishiga qadar yakunlashni rejalashtirgan 30 ta loyihadan biri, xolos.

Biroq ekologlar qurilishning tabiatga ta’siridan tashvishda. Faollar yangi yo‘l ekotizimni ikki qismga ajratib qo‘yishidan va bu hayvonlarning yashashi hamda ko‘payishi uchun maydonni qisqartirishidan xavotirda.

Hukumat vakillari 13 kilometrlik trassa bo‘ylab hayvonlar uchun maxsus o‘tish joylarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Belena aeroportining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yiliga 7 milliondan 14 million yo‘lovchiga oshirish va 500 ming kvadrat metr maydonli yangi shahar bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.

Mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Braziliya tarixiy iqlim sammitini o‘tkazishini aytib, u "Amazoniya haqida emas, Amazoniyada bo‘lib o‘tishini" ta’kidladi. Shu bilan birga, u avvalroq COP30 Amazonka o‘rmonlarini saqlab qolish muammolariga e’tibor qaratishga yordam berishini aytgan edi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.