AQShdagi o‘zbekistonliklar vatanga qaytish uchun eski pasportlardan foydalana olmaydi

Dunyo

Fuqarolarga tegishli sertifikatlar beriladi.

AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari eski pasportlaridan vatanga qaytish uchun foydalana olmaydi. Mamlakat TIV murojaat bilan chiqdi.

Eski (nobiometrik) pasportlar O‘zbekistonga qaytish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Aniqlik kiritilishicha, eski pasportlar 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan.

Shu munosabat bilan muddati o‘tgan yoki amalda bo‘lgan eski pasport egalari O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari (elchixona va konsullik) orqali O‘zbekistonga qaytish sertifikatini rasmiylashtirishi kerak.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.