MB asosiy stavka bo‘yicha yig‘ilishni keyinga qoldirdi

PRO Pul

Regulyator bunday qarorga nima sabab bo‘lganini tushuntirdi.

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish qoldirilganini e’lon qildi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, navbatdagi yig‘ilish 13 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq u 20 martgacha bir haftaga qoldirildi.

Mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va savdo hamkorlarining joriy yil fevral oyidagi ma’lumotlari mart oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinishini inobatga olib, shuningdek, ularning makroiqtisodiy tahlil va prognozlarni yangilash uchun zarurligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishini joriy yilning 20 mart kuni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda asosiy stavka hozirda 13,5 foizni tashkil etadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.